O'zbekistondagi barcha ziyoratgohlar nomi, manzili va suratlari bitta saytga yig'ildi

O'zbekistondagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantirilib, “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi

Ushbu portalda ziyoratgohlar nomi, obyektning tashqi tomondan ko‘rinishi aks etgan suratlar, manzil hamda obyekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar mavjud. Ushbu portal orqali siz o'z yashash hududingizda qanday ziyoratlar borligini osongina topishingiz va bilib olishingiz mumkin bo'ladi. 

Ushbu portalda Toshkent viloyatidadan 25 ta, Samarqand viloyatidan 67 ta, Farg'ona viloyatidan 88 ta, Xorazm viloyatidan 7 ta, Navoiy viloyatidan 62 ta, Surxondaryo viloyatidan 13 ta, Toshkent shahridan 15 ta, Sirdaryo viloyatidan 5 ta, Namangan viloyatidan 28 ta, Qashqadaryo viloyatidan 60 ta, Jizzax viloyatidan 98 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasidan 53 ta, Buxoro viloyatidan 29 ta, Andijon viloyatidan 94 ta muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati kiritilgan. Albatta, bu ro'yxat hali o'sib boradi. 


Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты