Huawei 1
Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan xalqaro turizm yarmarkasida O‘zbekiston hamkor davlat sifatida ishtirok etadi

2023-yilning 4–6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida "Azerbaijan International Travel and Tourism Fair" (AITF-2023) 19-xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtadi

Madaniyat va turizm vazirligining ma'lumotiga ko'ra, O‘zbekiston Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida hamkor davlat sifatida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil etilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, ko‘rgazma doirasida mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Kavkaz mintaqasidagi yetakchi xalqaro tadbir ozarbayjonlik va xorijiy ekspertlar uchun mustahkam platforma hisoblanib, zamonaviy turizm bozorining umumiy manzarasini aks ettiradi.

Ma'lumot uchun, AITF Ozarbayjonning faol rivojlanayotgan turizm bozoridagi muhim voqelik bo‘lib, har yili butun dunyodan ko‘plab ishtirokchilarni birlashtiradi.

Yarmarkada ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz yoki +998(78) 129 09 90 raqami orqali bog‘lanish mumkin. Arizalar 2023-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты