Qo‘shma Shtatlar yana Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan chiqish bilan tahdid qilmoqda. Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, bu borada qaror shu haftada qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar urushni tugatish uchun Ukraina va Rossiya bilan tezroq tinchlik kelishuviga erishmoqchi. Aks holda, davlat kotibi Marko Rubio so‘zlariga ko‘ra, Vashington muzokaralar jarayonidan chiqishi mumkin. «Bu hafta juda muhim bo‘ladi, — dedi u 27 aprel, yakshanba kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida. «Bu hafta biz ushbu loyihada ishtirok etishni xohlaymizmi yoki bir xil darajada, balki undan ham muhimroq bo‘lgan boshqa masalalarga eʼtibor qaratish vaqti keldimi, degan qarorga kelishimiz kerak».
Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti rahbari Kiyev va Moskva bilan kelishuvga erishish uchun qancha vaqt qolgani haqidagi savolga aniq javob bermadi. Muayyan sanani belgilash “ahmoqlik”, dedi u.
Ehtimoliy kelishuv masalasiga to‘xtalib, Rubio hali maqsadga erishilmaganini tan oldi. «Optimizm uchun sabablar bor, lekin, albatta, realist bo‘lish kerak. Biz yaqinmiz, lekin yetarlicha yaqin emasmiz», — dedi u. «Qo‘shma Shtatlar bu loyihaga vaqt va resurslarni sarflashda davom eta olmaydi, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi», dedi Davlat departamenti rahbari.
AQSH davlat kotibiga ko‘ra, Vashington diplomatik kanallar ochiq qolishi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga shoshilmadi. Biroq Marko Rubio kelishuvga erishilmasa, AQSH tinchlikni istamaganlarga qarshi chora ko‘rish imkoniyatiga ega ekanligini taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42815 | Инструменты