Toshkentdagi Fotosuratlar uyida Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Sharof Rashidov – Siyosatchi va Diplomat” mavzusida fotoko’rgazma o’z ishini boshladi.
Fotoko‘rgazma o‘ta og‘ir davrda respublikaga rahbarlik qilgan atoqli davlat arbobi, shoir va yozuvchi Sharof Rashidovning tashqi siyosiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda asosan “uchinchi dunyo” davlatlariga rasmiy tashriflar va xorijiy safarlar chog‘ida olingan 80 dan ortiq nodir kadrlar o‘rin olgan. Safarlar 1950-yildan 1983-yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Fotoko‘rgazma uchun suratlar Jamg’arma, Jizzaxdagi uy-muzeyi fotoarxivlari va oilaviy fotoarxivdan olingan.
2022-yil, shuningdek, haqiqiy yadro urushi tahdidi bilan dunyoni larzaga keltirgan Karib inqirozining 60 yilligi sifatida ham yodda qoladi. Fotoko‘rgazmada Sharof Rashidovning 1962-yilda Kubaga tashrifi aks etgan suratlar namoyish etiladi.
Fotoko‘rgazmaning ochilish marosimida mazkur tadbirni tayyorlashda ishtirok etgan tarixchi olimlar, siyosatshunoslar, Rashidov nomidagi jamg‘armaning mutaxassis-maslahatchilari ishtirok etishdi. Fotoko‘rgazma kuratori – muzeylar bo‘yicha mutaxassis Viktor Avksentyevich Vyatkin.
Fotoko‘rgazma davomida Rossiyaning “Creative Team” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Davlat arbobi va yozuvchi Sh.Rashidovning Interaktiv onlayn-muzeyi” nomi ostida O‘zbekistonda ilk bor taqdim etilgan noyob loyiha prezentatsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sharof Rashidovning virtual muzeyi expozitsiyasida uning hayoti, Respublikamiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi to’g’risida hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan nodir sahifalar o‘rin olgan.
Fotoko‘rgazma 8-noyabr kunigacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122907 | Инструменты