Taniqli turk aktyori Burak Oʼzchivit O'zbekistonga keladi

Taniqli turk aktyori Burak O'zchivit "XIV Toshkent xalqaro kinofestivali"ning yulduzli mehmonlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. U Turkiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyuradi va boshqa turk aktyorlari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Joriy yilning 15-sentabr kuni Forumlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan “Turk kinosi kunlari” shular jumlasidandir.

Turkiya delegatsiyasi Toshkentda bir qator filmlar namoyishini o‘tkazib, 16-sentabr kuni Urganch shahriga jo‘nab ketadi va u yerda ham 2 kun davomida o‘z filmlarini namoyish etadi.

Ma'lumot o'rnida, Burak O‘zchivit “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi”, “Choliqushi”, “Qurilish: Usmon” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan.

“Toshkent shahar hokimligiga turk seriallari yulduzlarining kinofestivalga kelishini tashkil qilganligi uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, ularning tashrifi ko‘plab muxlislarni quvontiradi,”– dedi Toshkent xalqaro kinofestivalining Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40307 | Инструменты