Huawei 1
Toshkentda  O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik muzeyi ochildi

Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi arafasida tashkil etildi. 

O‘zbek va ozar xalqlarining o‘zaro aloqalari chuqur tarixiy ildizlarga borib taqaladi. Ikki qardosh elning tili, urf-odat va an’analari bir-biriga o‘xshash. 

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumani va boshqa tadbirlarda Ozarbayjon vakillari, shuningdek, mazkur davlatda tashkil qilinadigan mug‘om san’ati bo‘yicha festival va boshqa anjumanlarda o‘zbek san’atkorlarining ishtirok etishi an’anaga aylangani o‘zaro madaniy aloqalar mustahkamligidan dalolat beradi. Sayyohlik yo‘nalishida ham o‘zaro bordi-keldilar muntazamlik kasb etmoqda.O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik muzeyida ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni aks ettiruvchi suratlar, davlatlar ramzlari, qadimiy va zamonaviy inshootlar maketlari, madaniy meros namunalari, liboslar, cholg‘u asboblari o‘rin olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga