Diyora Keldiyorova Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatlarining finalida kurashdi. BAAda oʻtayotgan dunyo birinchiligida hamyurtimiz -52 kg vazn toifasining kumush medaliga sazovor boʻldi.

Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya oʻyinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Qiziqarli kurash Juffridaning gʻalabasi bilan yakunlandi va hamyurtimiz ikkinchi oʻrin bilan cheklandi. Ushbu natija Diyoraga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochko taqdim qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты