"Yangi Oʻzbekiston yulduzlari" milliy mukofoti bilan taqdirlanganlar eʼlon qilindi

Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan joriy yilgi koʻrik-tanlovda teatr, kino, estrada, anʼanaviy ijrochilik, sirk, askiya, baxshichilik singari 20 ta nominatsiya boʻyicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi.

Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yoʻnalishida "Yangi Oʻzbekiston yulduzlari" madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qoʻlga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi askiyachisi — Mamasidiq Alixonov
Yilning eng yaxshi sirk artisti — Yunus Boboqulov
Yilning eng yaxshi qoʻgʻirchoq spektakli — «Choʻpon afsonasi» spektakli (Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri)
Yilning eng yaxshi badiiy filmi — «Oʻzbek qizi»
Yilning eng yaxshi spektakli — «Layli va Majnun»
Yilning eng yaxshi teatr rejissyori — Doston Xaqberdiyev
Yilning eng yaxshi teatr aktyori — Azizbek Nazarimbetov
Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Shoxsanam Obloqulova

«Tasviriy va amaliy sanʼat» yoʻnalishida «Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qoʻlga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi aholiga xizmat qilgan kutubxonasi — Surxondaryo viloyati Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi (Xusan Islomqulov)
Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi — Oʻzbekiston qozoq milliy madaniyat markazi
Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) — Iqbol Mirzo
Yil kashfiyoti — Zohidjon Jumanazarov

«Estrada va anʼanaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati» yoʻnalishida «Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qoʻlga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi anʼanaviy ayol xonandasi — Mohichehra Jumanova
Yilning eng yaxshi anʼanaviy erkak xonandasi — Eldorbek Maxsudov
Yilning eng yaxshi simfonik orkestri — Milliy simfonik orkestri (Alibek Abdurahmonov)
Yilning eng yaxshi raqqosasi — Moxina Ergasheva
Yilning eng yaxshi opera ijrochisi — Aminzoda Jumaniyozov
Yilning eng yosh baxshisi — Azamat Elmuratov
Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi — Afruza
Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi — Janob Rasul

Eslatib oʻtamiz, hukumat qarori bilan mamlakatimiz madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli ijodkorlarni har yili anʼanaviy tarzda “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti bilan taqdirlash belgilangan. Mukofotga teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi mumkin.
Mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi hamda maxsus statuetka va sertifikat topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты