1-dekabrdan eng kam ish haqi miqdori 15 foizga oshadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 20-noyabr kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g’risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 2017-yilning 1-dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 martaga (15 foiz) oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2017-yilning 1-dekabridan O‘zbekiston hududida eng kam ish haqi - oyiga 172 240 so‘m, yoshga doir pensiyalar - oyiga 336 880 so‘m, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 336 880 so‘m, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so‘m miqdorida belgilanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40121 | Инструменты