2022 yilda eng ko‘p sof foyda ko‘rgan davlat kompaniyalari nomi ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra, “Navoiy KMK” 15,4 trln so‘m, “Olmaliq KMK” 6,67 trln so‘m, Milliy bank 2,41 trln so‘m, “Navoiyuran” 2,08 trln so‘m, “Navoiyazot” 1,33 trln so‘mlik foyda bilan peshqadamlikni egallagan.
Shuningdek, 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalari nomi ma'lum bo'ldi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” – 4,34 trln so‘m (2021 yilda -2,1 trln), Uzgastrade — 3,96 trln so‘m, "O‘ztransgaz" – 2,17 trln so‘m (2021 yilda -2,51 trln), "O‘zbekiston temir yo‘llari" — 1,17 trln so‘m (2021 yilda 51,9 mlrd so‘m foyda ko‘rgan), "Yangi Angren IES" — 237,4 mlrd so‘m (2021 yilda -303,9 mlrd so‘m) zarar ko‘rgan.
“Bunyodkor” futbol klubi 27,5 mlrd, “Paxtakor” futbol klubi esa 25,2 mlrd so‘m zarar bilan yilni yopgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80213 | Инструменты