Huawei 1
Andijonda mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat klasteri tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi Andijon viloyatida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kichik sanoat klasterini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Hujjat bilan ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi viloyatning Oltinko‘l tumanida, 16 gektar yer maydonida tashkil etiladi.

Yaqin ikki oyda Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar mutaxassislari ishtirokida sanoat zonasi konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Klasterga taniqli xorijiy mebel brendlarini jalb etish rejalashtirilgan.
Markaz hududida ishlab chiqarish sexlari (angarlar), ko‘rgazma pavilonlarini qurish, ochiq va yopiq savdo maydonlari, furnitura va butlovchi qismlar savdo markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mebel ishlab chiqarish uchun import o‘rnini bosuvchi xomashyo va materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda logistika markazi va mahalliy yetkazib beruvchilarning dilerlik ofislari ham ochiladi. Ishlab chiqaruvchilar mebel uchun armatura va ehtiyot qismlarni birinchi qo‘ldan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты