Bu safar "Korzinka"dan ko'p soliq to'lagan tashkilot bor: O'zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar tomonidan 5 trln so‘mdan ko'p soliq to‘langan

Joriy yil yanvar-aprel oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 150 994 ta yuridik shaxs tomonidan 5,4 trln so‘m soliq to‘langan.

Shundan 618,1 mlrd so‘mi, ya’ni 11,3 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 11,2 trln so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 216,4 mlrd so‘mga yetgan.

Quyida yanvar-aprel oylarida savdo sohasida eng ko'p soliq to'lagan TOP-10 korxonalar:

1. "Torgoviy dom metalloinvest vostok" MCHJ — 100,9 mlrd so'm

2. "Angelsy food" MCHJ XK — 72,4 mlrd so'm

3. "UNG petro" MCHJ — 44,9 mlrd so'm

4. "Trade group LTD" MCHJ — 38,9 mlrd so'm

5. "Nestke food" MCHJ XK — 35,9 mlrd so'm

6. "Hundai Auto Asia" MCHJ QK — 32,3 mlrd so'm

7. "Tashkent Tobacco Distribution" MCHJ QK — 28,5 mlrd so'm

8. "Unitrade Co" MCHJ — 27,5 mlrd so'm

9. "Balton Trading (Asia)" MCHJ XK — 26,6 mlrd so'm

10. "Grand Farm Trade" MCHJ — 22,2 mlrd so'm.

Ushbu 10 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

- QQS – 213,4 mlrd so‘m;
- Foyda solig'i – 184,9 mlrd so‘m;
- JShODS - 124,5 mlrd so‘m;
- Aksiz solig‘i - 32,8 mlrd so‘m;
- Ijtimoiy soliq - 27,3 mlrd so‘m;
- Mol-mulk solig‘i - 9,2 mlrd so‘m;
- Yer solig‘i - 4,6 mlrd so‘m;
- Boshqa soliqlar - 21,4 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32502 | Инструменты