Huawei 1
Dang‘ara tumanida Tojikiston bilan $10 mln qiymatidagi sim zavodi qurilmoqda

Dang‘arada mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tojikistonlik investor Shuxradjon Ashurmatov va uning farg‘onalik hamkori Fotima Imomovani qabul qildi. Muloqotda Dang‘ara tumanida “Osiyo kabellari” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 million dollar miqdoridagi xorijiy investisiya hisobiga moliyalashtirilayotgan bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Uchrashuv davomida loyiha ishlarini jadallashtirish, muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi loyihani qo‘llab-quvvatlab, amaliy yordam ko‘rsatilishini ma‘lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82808 | Инструменты