Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan taʼminlanadi

Hukumat qarori (65-son, 17.02.2026 y.) bilan “Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, quyidagi masʼullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:

- ilmiy loyihada – loyiha rahbari;

- ilmiy mavzuda – ilmiy bo‘linma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;

- dissertatsiya tadqiqotida – doktorantlarning ilmiy rahbari yoki o‘zaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan doktorantlar biri.

Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko‘rsatiladi.

Ariza, maxsus axborot tizimida maʼlum bir ilmiy faoliyat yo‘nalishidagi tadqiqotni bajarishga masʼul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

Agentlik qabul qilingan arizalar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼqullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21816 | Инструменты