Huawei 1
Dunyoning eng yirik sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga ko'maklashadi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov "Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti raisi Bryus Karnegi-Braun bilan uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuvda O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yo'nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bryus Karnegi-Braun O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investorlar va sheriklar ishonchini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo'nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Muzokaralar yakunida "Lloyd's of London" bilan O'zbekiston sug'urta bozori yana-da rivojlantirish va uni global sug'urta bozorida integratsiyasi qilish, mamlakatimiz mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

"Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti 1688-yilda tashkil etilgan. U dunyodagi eng mashhur va yirik tijorat sug'urtasi va qayta sug'urtalash bozori hisoblanadi. Tashkilotda har kuni 50 dan ortiq yetakchi sug'urta kompaniyalari, 380 dan ortiq rasman ro'yxatga olingan brokerlar va 4 mingdan ziyod mahalliy agentlar faoliyat yuritadi hamda turli sug'urta shartnomalari tuziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31320 | Инструменты