Huawei 1
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi

O‘zbekistonda davlatga tegishli bo‘lib kelgan issiqlik elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlanadi.

Bu «Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan

Qarorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davaktiv va Energetika vazirligi birgalikda 2024 yilning 1 iyuliga qadar jalb etiladigan konsultant taklifi asosida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini yoxud uning takibidagi alohida issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirish belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yil 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ijtimoiy norma tizimi joriy etilgan holda, narxlarni erkinlashtirish boshlanadi. Mamlakatda 80 foizdan ko‘proq elektr IESlarda ishlab chiqariladi, ularning bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi energetika islohotining tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты