Huawei 1
Toshkentdagi poliklinikalardan birida ro‘yxatga olish fuqarolarning jinsiga qarab ajratib qo‘yildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada ro‘yxatxona erkaklar va ayollar uchun deb ajratilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida 84 ta oilaviy va markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar faoliyat yuritadi. Har bir poliklinikalarda elektron ro‘yxatxonalar tashkil etilgan. Poliklinikalarga tashrif buyuruvchi har qanday fuqaro yagona elektron ro‘yxatxona orqali shifokor qabuliga kiradi.

Bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligining xech qanday buyruq va talablarida ruyxatxonalar jinsga (erkak va ayol) qarab ajratilsin degan so‘zlar keltirilmagan va bunday buyruq ham chiqarilmagan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, poliklinikada asossiz yozuvni ro‘yxatxonaga yopishtirgan bosh shifokorga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

Kelgusida bu kabi holtalar qaytarilmasligi uchun, poytaxtdagi har bir oilaviy va markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorlari ogohlantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты