Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2023 yil iyul oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,5 % ni tashkil etgan.
2024-yilning iyul oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 % ga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты