Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning iyun oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgan.
Yillik Isteʼmol narxlari indeksi (INI) 108,7 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil iyun — 110,6 %) nisbatan 1,9 foiz bandga pasaydi.
Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 % ga pasaygan, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 % ga oshgan, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70123 | Инструменты