Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma'qulladi.
Operatsiya doirasida bank hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida $800 mln miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi. Jahon bankining yangi operatsiyasi hukumat kun tartibidagi asosiy ustuvor vazifalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l, kimyo sanoati va energetika kabi muhim tarmoqlarda davlat nazoratini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ko‘riladigan chora-tadbirlar xususiy sektorning ushbu tarmoqlarni rivojlantirishda yanada faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, ushbu operatsiya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga hamda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarga yechim topishga yordam beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110504 | Инструменты