Rossiyaning yirik “Zarubejneft” xoldingi O‘zbekistondagi "Jizzax Petroleum" neft kompaniyasining ulushini sotib olishi mumkin
Rossiyaning yirik “Zarubejneft” xoldingi O‘zbekistondagi Jizzax Petroleum neft kompaniyasining ulushini sotib olishni muhokama qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Jizzax Petroleum" 105 ta konni o'z ichiga oladi, ular ishlab chiqarishning qariyb 70 foizini (taxminan 500 ming tonna neft) va tasdiqlangan neft zaxiralarining 22 foizini (600 million barrel) tashkil etadi.
"Kommersant.ru"da keltirilishicha, “Zarubejneft” hozircha kelishuvga izoh bermagan, biroq “O‘zbekistonda keyingi rivojlanishdan” manfaatdor ekanini aytgan.
Mazkur Rossiya kompaniyasi MDH mamlakatlaridagi faoliyatini kengaytirish ustida ishlamoqda. 2019-yilda “O‘zbekneftegaz” bilan hamkorlikda “Andijonpetro” qo‘shma korxonasida O‘zbekistonning Janubiy Olamishiq, Xartum va Sharqiy Xartumdagi katta konlarni o‘zlashtirish uchun kompaniyalarning 50 foiz ulushini olgan edi. 2021 yilda esa ishlab chiqarish hajmi 20 ming tonnani tashkil etishi rejalashtirilgandi.
“Agar biz 15 yil ichida zaxiralarning ko‘pligidan kelib chiqib qaror qabul qilsak, O‘zbekiston neft qazib olishni nazariy jihatdan ikki barobarga oshirishi aniq.
Biroq, tahlilchilarning aniqlik kiritishicha, buning uchun investitsiyalar, jumladan, yangi burg'ulash qurilmalari va texnologiyalar kerak - xorijlik investorlarni jalb qilish, bu holda, sanoat uchun odatiy holdir ", - deya fikr bildirgan Rossiyalik ekspertlar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33002 | Инструменты