Huawei 1
Joriy yarim yillikda Davlat budjeti xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 21 trillion so‘mga ko‘paygan

2024 yil birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 121 trln. so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshgan. Deyarli barcha soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan. Davlat budjeti daromadlari tarkibida bevosita soliqlar 33,3 foizni, bilvosita soliqlar 33,1 foizni, resurs soliqlari 14,2 foizni va boshqa daromadlar 19,5 foizni tashkil qilgan.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2024 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qildi.

Davlat budjetining xarajatlari hisobot davrida 149,8 trln. so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 21 trillion so‘mga (16 foiz) ko‘paygan.

Aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning 49,5 foizi ushbu sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu sohaga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan.

Ijtimoiy soha xarajatlarining qariyb 70 foizi ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltirilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 foizga ko‘payib, 6,4 trillion so‘m yo‘naltirildi. Umumta’lim tizimiga esa 4 trillion so‘m ko‘proq, ya’ni 24, 7 trillion so‘mni tashkil etdi. Pedagoglarga har oylik ustama haqi va rag‘batlantirish uchun 1,2 trillion so‘m ajratildi.

Umumiy o‘rta ta’lim uchun 56 million darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarning xarajatlari uchun 317 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Maktablarni sport jihozlari va milliy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash uchun 92 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты