Huawei 1
Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqchi

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Pro Events and Marketing Sdn Bhd" kompaniyasining boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuv o'tkazdi

Unda O'zbekistonda Malayziyaning mazkur kompaniyasi ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni O'zbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 g'ildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotganini ma'lum qildi. "Dastlabki hisob-kitoblar asosida yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta skuterni tashkil etishi ko'zda tutilmoqda. Keyinchalik Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish salohiyatlarini inobatga olgan holda, uni 10 mingtaga yetkazish imkoniyati mavjud. Skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish O'zbekistonda aholiga yetkazib berish xizmatining sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin", dedi kompaniya boshqaruv direktori Elayne Txam.

Shuningdek, xorij tomoni mamlakatimizda sog'liqni saqlash sohasida sun'iy intellekt yordamida insonlarda tibbiy diagnostika o'tkazish dasturiy ta'minotini joriy qilish bo'yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini o'rganish uchun kompaniya rahbariyatining O'zbekistonga biznes-missiyani tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31317 | Инструменты