“Malika” savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va “Beldersoy oromgohi” sotildi

“Poytaxt biznes majmuasi”, “Malika” savdo majmuasi, “Beldersoy oromgohi” hamda “Noʻkis vinozavodi” AJ sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Tegishli xususiylashtirish dasturiga ko'ra, “Noʻkis vinozavodi” AJning 51% ulushi “Qarataw sawda bazasi” MCHJga 17,5 mlrd soʻm xarid qiymati hamda 3,4 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotilgan.

Shuningdek, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko'chmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari g'oliblari belgilandi:

“Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi boʻyicha savdolarda BAAning “Quadro IH DMCC” kompaniyasi 164 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln dollardan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan gʻolib boʻlgan.

“Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasini “Premium Prime Service” MCHJ 125 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd soʻm miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan qoʻlga kiritgan.

“Bildirsoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yoʻli bilan birga) boʻyicha savdolarda “Ulkan Mulk” MCHJ 107 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.

Ta'kidlanishicha, xaridorlarga daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40121 | Инструменты