2023-yildan boshlab O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar vaqti-vaqti bilan Trading Economics axborot portalida eʼlon qilinadi.
Mart oyida biznes muhiti indeksi fevral oyiga nisbatan 4 punktga oshib, 60 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning faolligi yana-da kengayganidan dalolat beradi.
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi ijobiy dinamika biznes muhitini yaxshilashga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. Qishloq xo‘jaligida biznes muhiti ko‘rsatkichi bir oy ichida 20 punktga oshdi, sanoatda esa 2 punktga o‘sdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida - korxonalarning taxminan 80% kelgusida biznesning o‘sishini kutayotganganligini bildirgan.
O‘tgan oyga nisbatan biznesning hozirgi holati indeksi 6 bandga ko‘tarilib, 44 taga etdi.
Biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 2 band o‘sib, 77 bandga yetgan.
Mart oyida kutilmalardagi ijobiy qarashlarning saqlanganligi kelgusi 3 oyda ham iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya davom etishini bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты