Xitoylik ishbilarmon doira vakillarining Namangan viloyati imkoniyatlariga katta qiziqishlari natijasi o‘laroq “Namangan – Xitoy” formatidagi “Investitsiya va biznes forumi” yuksak saviyada o‘tmoqda.
Forumning ikkinchi kuni Namangan shahridagi “Maʼrifat markazi”da davom etyapti.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mehmonlarni samimiy qutlab, viloyatning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud imkoniyatlar haqida maʼruza qildi.
“Namangan – Xitoy” investitsiya forumi doirasida xitoylik hamda namanganlik tadbirkorlar, davlat idoralari o‘rtasida B2B va G2B uchrashuv va muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash tadbirlari forumning asosiy nuqtasidir.
Forum yakunida kelishuv va memorandumlarni imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Eʼtiborlisi, 30 ga yaqin investitsion loyihalar bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Loyihalarning umumiy qiymati 967,5 mln AQSH dollariga teng.