O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq – 11 tonna oltin sotdi
O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 42 tonnaga oshdi.
Oktyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (23 tonna), Turkiya (19 tonna) va Polsha (6 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Qozog‘iston Markaziy banki tomonidan ham 2 tonna oltin sotilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты