O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston may oyida oltin sotuvchi davlatlar qatorida dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lum qildi.

Jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 27 tonnaga kamaydi. Aprel oyi bilan solishtirganda, qimmatbaho metallar savdosi ikki baravardan ko‘proq kamaydi.

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotdi, bu esa Qozog‘iston va Germaniyadan keyingi ko‘rsatkichlardan 5,5 barobar ko‘p. Turkiya 63 tonnalik ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall sotish bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi. 

Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining faol sotilishini Turkiya Markaziy bankining milliy valyutani sun’iy ravishda qo‘llab-quvvatlash borasidagi avvalgi siyosati bilan izohlash mumkin.

Iyun oyida regulyatorning ushbu kursni o’tkazishdan bosh tortishi turk lirasining keskin qulashiga olib keldi. Polsha may oyida oltinning asosiy xaridoriga aylandi — 19 tonna. Ikkinchi o‘rinda 16 tonna bilan Xitoy joylashgan. Undan keyin Singapur, Rossiya, Iroq, Hindiston, Chexiya va Qirg‘iziston — to‘rt tonnadan ortiq emas.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, may oyida Oʻzbekiston oltin eksportini $1,3 mlrd.ga yetkazdi. Besh oy davomida qimmatbaho metallarning xorijga yetkazib berish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47,3%ga oshib, $4,37 mlrd.ni tashkil etdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20201 | Инструменты