O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi

Xitoydan O‘zbekistonga import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarida o‘simliklar karantini obyektlari muntazam ravishda aniqlanmoqda, shu sababli ularning importiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.

Taqiq qachondan boshlangani va qachon tugashi haqida xabarda maʼlumot berilmagan.

Qayd qilinishicha, namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida eskpertizadan o‘tkazilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ularda Sitrus oq-qanoti (Dialeurodes citri Ashmead), Sharq sitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana), Ananas unsimon qurti (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantinosti zararkunandalar aniqlangan. Mazkur turdagi zararli organizmlar 20 ga yaqin yukda topilgani maʼlum bo‘ldi.Zararlangan mahsulotlar to‘g‘risida Xitoyning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkiloti xabardor qilingan. Taqiq davrida Xitoydan olib kirilayotgan mandarin va ananasga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13111 | Инструменты