Huawei 1
O‘zbekiston-Tojikiston Savdo-logistika markaziga tamal toshi qo‘yildi

Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o’tkazish punkti yonidagi maydonda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog’liq Savdo-logistika markaziga tamal toshi qo’yishga bag’ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. So’g’d viloyati delegatsiyasi uchun shu joyda Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan namunali ko’rgazma tashkil etilib, unda tabiiy va ekologik toza xomashyolardan tayyorlanayotgan va eksportga chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar namoyish etildi.Mazkur Savdo-logistika markazi 5 gektar maydonda joylashishi ko’zda tutilgan bo’lib, loyiha qurilishiga 7,8 million dollar miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Majmuada 200 ta savdo do’konlari, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar xizmat ko’rsatishi belgilangan.

Savdo-logistika markazi ishga tushirilishi natijasida O’zbekiston hamda Tojikiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdo do’konlariga joylashtiriladi hamda savdo aloqalariga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu joyda xizmat ko’rsatish sohasida ming nafar aholi bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan.

Tadbir davomida ikki davlat vakillari ishtirokida kelajak avlodga maktub imzolanib, Savdo-logistika markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo’yildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80214 | Инструменты