4-noyabr kuni Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Shanxaydagi EKSPO ko‘rgazmasi doirasida China National Nuclear Corporation Overseas (CNOS, China National Nuclear Coorporation — CNNC‘ning sho'ba korxonasi) bosh direktori Vei Fuki bilan uchrashdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha CNNC kompaniyasi bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish, XXRning AES qurish tajribasini o‘zlashtirish imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqish, O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli reaktorlarini (KMR) qo‘llashni o‘rganish va keyingi potensial loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar, shuningdek, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish sohasidagi hamkorlik va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish va keyinchalik AESlarda yoqilg‘idan foydalanish masalarini muhokama qildi.
Xitoy tomoni yadro texnologiyalarining barcha yo‘nalishlarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi, deya xabar beradi “O‘zatom”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты