Huawei 1
O‘zbekistonda 2024-yili 46 ta yo‘nalishda davlat budjetidan jami 28,4 trln subsidiya ajratilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024–2026-yillar uchun Budjetnomani e’lon qildi. 2024-yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi, aholi bandligini ta’minlash kabi sohalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilishi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,4 trln so‘mni tashkil etadi. 

Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlariga 18,6 trln so‘m, ilm-fanga 2,2 trln so‘m, madaniyat sohasiga 2,6 trln so‘m, sport sohasiga 2,8 trln so‘m, shu to‘rtta yo‘nalishga jami 26,2 trln so‘m ajratish reja qilingan.

2024-yilda energetika subsidiyalari kamayishi kutilmoqda. Xususan, tabiiy gazni sotib olish va sotish uchun kelgusi yilda 9,5 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu yo‘nalishdagi xarajatni 2025-yilda 6 trln so‘mgacha, 2026-yilda 5 trln so‘mgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Elektr energiyasi narxlaridagi tafovut uchun subsidiyalar 2024, 2025 va 2026-yillarda bir xil – 2,5 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Kelasi yili jamoat transporti zararlarini qoplashga subsidiyalar 2 barobarga (1,5 trln so‘mgacha), issiqlik ta’minoti korxonalari zararlarini qoplashga subsidiyalar 2,5 barobarga (4,5 trln so‘mgacha) oshiriladi. 

Bundan tashqari, 2024-yilda aholi tomonidan uy-joylar sotib olishga 1,5 trln so‘m va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga 3 trln so‘m subsidiyalar ajratilmoqda.

2024-yili jami 46 ta yo‘nalishda subsidiya ajratish nazarda tutilgan (mlrd so‘m):

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62309 | Инструменты