Huawei 1
O‘zbekistonda Lacetti, Nexia, Spark kabi ommabop avtomobillar narxlari pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil o‘rtacha narxlarini tahlil qildi.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobilllar o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

2024-yilning noyabrida ikkilamchi bozorda oktyabr oyiga nisbatan:

  • Onix: o‘rtacha foydalanilgan 4,8 foizga (14 600 dollardan 13 900 dollarga), kam foydalanilgani 5,4 foizga (14 900 dollardan 14 100 dollarga);
  • Lacetti: o‘rtacha foydalanilgan 1,4 foizga (14 700 dollardan 14 500 dollarga), kam foydalanilgan — 1,1 foizga (15 200 dollardan 15 031 dollarga);
  • Nexia: o‘rtacha foydalanilgan 0,9 foizga (11 500 dollardan 11 400 dollarga);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan 0,8 foizga (10 485 dollardan 10 400 dollarga);
  • Labo: o‘rtacha foydalanilgan — 2,4 foizga (8 300 dollardan 8 100 dollarga);
  • Damas: o‘rtacha foydalanilgan 0,9 foizga (8 200 dollardan 8 125 dollar ga), ko‘p foydalanilgan 1 foizga (7 600 dollardan 7 527 dollarga) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan Malibu avtomobilining o‘rtacha narxlari mos ravishda 3,0 foiz (30 100 dollardan 31 000 dollarga) va 1,7 foizga (29 000 dollardan 29 500 dollarga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan Equinox o‘rtacha narxi 1,9 foizga (27 000 dollardan 26 500 dollarga) tushdi. Shuningdek, Tracker narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Elektromobil narxlari

Noyabr oyida o‘rtacha foydalanilgan BYD Han va BYD Yuan Up elektromobillar o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,6 foiz (36 500 dollardan 35 900 dollarga) va 2,4 foizga (21 000 dollardan 20 500 dollarga) pasaygan bo‘lsa, yangi BYD E2 elektromobili 3,1foizga (16 700 dollardan 17 216 dollarga) qimmatlashdi. BYD Song Plus EV Chempion’ning narxi deyarli o‘zgarmadi (yangi — 29 000 dollar, o‘rtacha foydalanilgan — 26 600 dollar).

Xorijiy lyuks avtomobilla narxlari

Hyundai Elantra va Kia Sportage rusumli kam foydalanilgan avtomobillar o‘rtacha narxlari mos ravishda 2,2 foiz (23 000 dollardan 22 500 dollarga) va 1,5 foizga (32 500 dollardan 32 000 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani esa 1,6 foizga (Elantra — 22 000 dollardan 21 650 dollarga va Kia Sportage — 31 500 dollardan 31 000 dollarga) pasaydi. Shuningdek, ko‘p foydalanilgan Kia K5 va Kia Sportage avtomobillar ham mos ravishda 1,2 foiz (26 300 dollardan 25 990 dollarga) va 3,4foiz ga (31 000 dollardan 29 950 dollarga) arzonlashgan bo‘lsa, Hyundai Tucson (ko‘p foydalanilgan — 25 000 dollar, kam foydalanilgan — 33 000 dollar), Hyundai Santa FE (ko‘p foydalanilgan — 35 000 dollar, kam foydalanilgan — 45 900 dollar) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:

2023—2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 kilometrgacha bo‘lgan avtomobillar — “kam foydalanilgan”;

2023—2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 kilometrdan 50 000 kilometrgacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021—2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 kilometrgacha bo‘lgan avtomobillar — “o‘rtacha foydalanilgan”;

2023—2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 kilometrdan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021—2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar — “ko‘p foydalanilgan”.

Tahlilda keltirilishicha, avtomobil narxlarini tahlil qilishda maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping orqali to‘plandi. Bunda, 2020—2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta maʼlumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты