Huawei 1
O‘zbekistonda vodorod energetikasini rivojlantirishda Italiya tajribasidan foydalaniladi

Joriy yilning 17-mart kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari Piyerluigi Leone va Marso Savana bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yashil texnologiyalarni rivojlantirish, xususan Vodorod energetikasini rivojlantirishda, amaliy hamkorlik qilish, texnologik transfer hamda vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha pilot loyihasini hamkorlikda amalga oshirish va vodorod texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar va tadqiqotchi xodimlarni tajriba almashish maqsadida Italiyaga stajirovkaga yuborish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek Italiyalik olimlar tomonidan vodorod ishlab chiqarish, saqlash, uzatish, undan energiya zaxirasi sifatida foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish va aholiga yetkazib berishda Italiyada amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Kelgusida, Italiya tajribasi asosida O‘zbekistonda Vodorod energetikasini amaliyotda foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich izlanishlar olib borish va loyiha shakllantirishga kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin ACWA Power O‘zbekistonda “yashil” vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtiryotgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41723 | Инструменты