Huawei 1
Rossiya tashqi ishlar vaziri 22-aprelda O‘zbekistonga keladi

22−23-aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

Tashrif davomida Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan batafsil muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga qaratiladi. Jumladan, Rossiya-O‘zbekiston keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalariga qaratiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81806 | Инструменты