Huawei 1
“O‘zbekistonda xususiylashtirish sur’ati, ehtimol, sekinligicha qoladi” — Moody’s

O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mehnat unumdorligining o‘sishi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin. Bu haqda Moody’s xalqaro reyting agentligi hisobotida aytiladi.

“To‘g‘ri boshqaruv bilan xususiylashtirish xususiy sektor uchun yanada adolatli sharoitlar yaratadi, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyoti samaradorligi va raqobatbardoshligining umumiy o‘sishiga xizmat qiladi”, — deb ta’kidlaydi agentlik tahlilchilari.

Moody’s’ning eslatishicha, 2023-yilda mamlakatda “Ipoteka-bank”, shuningdek, bir qator kichik davlat korxonalari muvaffaqiyatli xususiylashtirilgan. 

Hukumatning yaqin rejalari qatoriga ikkita tizimli muhim banklar: SQB (bank tizimi aktivlarining 11 foizi) va “Asakabank” (8 foiz) ulushlarini sotish kiradi. Bu davlat banklari ulushini 65 foizdan 46 foizga kamaytirish strategiyasining bir qismi.

2024-yilda O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etilib, uning boshqaruvi Franklin Templeton xalqaro kompaniyasiga o‘tkazilgandi. Jamg‘arma xususiylashtirish jarayonida bo‘lgan 18 ta yirik davlat korxonasi va banklarida ulushlarga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61919 | Инструменты