Huawei 1
O‘zbekistondagi to‘qimachilik kompaniyalari tomonidan AQSH bozoriga kalit olindi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistondagi 10 dan ortiq to‘qimachilik kompaniyalari xalqaro WRAP (Worldwide Responsible Accredited Production) standarti sertifikatiga ega bo‘ldi.

UZTEX kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoda ushbu standartni olgan birinchi korxona bo‘ldi. 25 dekabr kuni kompaniya rasmiy sertifikat topshirish marosimini o‘tkazdi.

WRAP sertifikati ijtimoiy standartlarning eng murakkablaridan biri bo‘lib, UZTEX Group dagi ishlab chiqarish AQSHga mahsulot eksport qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy meʼyor va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Ushbu qadam O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati eʼtibor qaratayotgan sifat va axloqning yuqori standartlarini aks ettiradi.

Sertifikat “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Textile Standard Service” kompaniyasi yordamida olingan va rasmiy ravishda WRAP ning muvofiqlik bo‘yicha katta direktori Xong Mey tomonidan berilgan.

Qayd etish mumkin, UZTEX O‘zbekistonda ham, Markaziy Osiyoda ham ushbu standartni olgan birinchi korxona bo‘ldi. Ayni paytda yana 10 ta korxona WRAP sertifikatini olish bosqichida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60603 | Инструменты