Huawei 1
O‘zbekistonliklar Volkswagen va Volvo kompaniyalariga ishga taklif etilmoqda

O'zbekiston fuqarolari Volkswagen va Volvo kompaniyalariga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, Volkswagen har oyda 240 nafar ishchini premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig'ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o'tkazish yo‘nalishida ishga taklif etadi.

- Yosh chegarasi – 18-45;
- Ish – 3 smenada;
- Oylik maoshi –  1200-1600 yevro;
- Talablar – rus tilini kommunikativ darajada bilish.

Shuningdek, Volvo kompaniyasi har oyda 150 nafar yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etmoqda.

- Yosh chegarasi – 18-45;
- Oylik maoshi – 1700-2400 yevro;
- Talablar –  "C” va “E” toifali haydovchilik guvohnomasi, rus tilini kommunikativ darajada bilish.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havolaga bosing.  

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga