Huawei 1
O‘zbekistonliklarning kelasi 12 oylik inflyatsion kutilmalari keskin oshdi

Markaziy bank so‘rovnomasida fevral oyida O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik subyektlarining kelasi 12 oylik inflyatsion kutilmalari keskin oshgani ma’lum bo‘ldi.

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank
inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank

O‘tgan oyda aholi o‘rtasida narx kutilmalari 15,3% gacha o‘sdi, tadbirkorlar o‘rtasida — 13,8% gacha. Bu hukumatning joriy yil uchun rasmiy inflyatsiya prognozlaridan (7−8% atrofida) sezilarli darajada yuqori.

Bu energiya inqirozi va anomal sovuq ob-havo tufayli aholi kutilmalari taxminan 14,5% ni tashkil qilgan 2023-yil fevralidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Korxonalar uchun esa bu 2024-yil dekabridan beri maksimal (13,9%).

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bankToshkentda kelajakdagi inflyatsiyaga nisbatan pessimistik kayfiyat sezilarli darajada oshdi. Agar yanvar oyida aholi inflyatsiyani 15,7% darajasida prognoz qilgan bo‘lsa, fevralda o‘rtacha ko‘rsatkich 19,1% gacha ko‘tarildi. Poytaxtlik respondentlarning yarmidan ko‘pi (55%) keyingi 12 oy ichida inflyatsiya 17% yoki undan yuqori bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Poytaxtdagi tadbirkorlarning kutilmalari ham 16,2% dan 17,8% gacha oshdi.

Aholi o‘rtasida narxlarning yuqori o‘sishi, shuningdek, Toshkent viloyatida — 18,1% (+2,4 f.p.), Farg‘onada — 17,5% (+3,8 f.p.), Samarqandda — 16,7% (+1,5 f.p.) kutilmoqda.

Farg‘ona (15,1%, +3,2 f.p), Toshkent (14,9%, +1,2 f.p.), Namangan (14,3%, +1,9 f.p.) va Navoiy (14,2%, +2,6 f.p.) viloyatlarida biznesning kutilmalari yuqori.

Aholi o‘rtasida inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar. Manba: Markaziy bank.Aholi o‘rtasida inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar. Manba: Markaziy bank.

Fevralda o‘tkazilgan so‘rovnomalarda kommunal xizmatlar narxlarining ko‘tarilishi ham aholini, ham tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan faktor ekani ma’lum bo‘ldi. Kutilmalarida ushbu omilni ko‘rsatganlarning ulushi rekord darajaga yetdi — aholi o‘rtasida 63% (yanvarda bu ko‘rsatkich 57%) va biznes vakillari orasida 58% (54% tashkil etgan).

Aholi o‘rtasida narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar qatorida yoqilg‘i-energetika (elektr energiyasi, gaz) narxining oshishi bor — 52% bu variantni tanlagan (50% edi).

Valyuta kursining o‘zgarishi ommabopligi bo‘yicha uchinchi o‘rindagi javob — 41% (46% edi), ammo bu javobni tanlagan respondentlar ulushi fevral oyida so‘mning kuchayishi fonida kamaydi.

Keyingi o‘rinlarda: monopoliya va sun’iy oshirilgan narxlar — 32% (25%), transport xarajatlarining o‘sishi — 31% (30%), asosiy mahsulotlarning qimmatlashi — 28% (26%), ish haqi va pensiyalarning oshishi — 23% (22%).

Korxonalar o‘rtasida inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar. Manba: Markaziy bank.Korxonalar o‘rtasida inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar. Manba: Markaziy bank.

Tadbirkorlik subyektlari uchun narxlar ehtimoliy o‘sishining ikkinchi asosiy omili yoqilg‘i-energetika resurslari narxining oshishi bo‘ldi — respondentlarning 50 foizi (ilgari 49%). Valyuta kursining o‘zgarishi javoblar orasida uchinchi o‘ringa tushib qoldi — 43% (51%).

Undan keyin transport xarajatlari — 34% (32%), soliq yuki — 27% (24%), xomashyo narxining oshishi — 27% (25%) va ish haqi va pensiyalarning o‘sishi — 22% (26%).

Kuzatilgan barcha daromad guruhlarida inflyatsion kutilmalar yomonlashdi.

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank

Eng yuqori daromadga ega (15 million so‘mdan ortiq) aholi guruhlari o‘rtasidagi kutilmalar 18,2% dan 20,4% gacha oshdi. Daromadlari 10−15 million so‘m bo‘lgan respondentlar inflyatsiyaning yuqori darajasini kutmoqda (yanvardagi 16,1% ga nisbatan 17,2%).

Daromadlari 7−10 million so‘m bo‘lgan aholi inflyatsiya 16,6% (ilgari 16,3 foiz) atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Daromadlari 2 million so‘mgacha bo‘lgan respondentlar keyingi 12 oy ichida narxlarning 15% ga (13,6% edi), daromadsizlar esa 14% ga (13,8%) o‘sishini kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43004 | Инструменты