Huawei 1
O'tgan 2 oyda gazdan noqonuniy foydalanish natijasida gaz ta’minoti korxonalariga qariyb 14 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

O‘tkazilgan tadbirlarda, yanvar-fevral oylari davomida respublika bo‘yicha 546 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 15 million 532 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ushbu miqdardagi tabiiy gaz 1 million xonadoning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining ko‘pi Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52510 | Инструменты