Huawei 1
O'zbekiston 2022-yilda rekord darajada tarvuz eksport qildi

Oʻzbekiston 2022-yilda rekord darajada tarvuz eksport qildi va bu 2021-yilgi koʻrsatkichlardan 2 baravarga koʻp boʻldi. Bu haqda, “EastFruit” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tarvuz eksporti hajmining oshishi, asosan, Qozogʻistonga yetkazib berishning deyarli ikki baravar oshishi hamda Tojikiston va Qirgʻizistonga joʻnatish hajmining bir necha baravar ortishi hisobiga boʻlgan. Xabarda keltirilishicha, 2022-yilda Oʻzbekistonda tarvuz eksporti mavsumi 15-20-may kunlari, yaʼni 2021-yil bilan bir vaqtda boshlangan.

Statistik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, 2022-yil noyabr oyining ikkinchi yarmiga kelib, ushbu mahsulotlar tashqi bozorlarga deyarli joʻnatilmayapti, bu esa respublikada tarvuz eksport qilish mavsumi yakunlanganini anglatadi.

Davlat Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning may oyi boshidan noyabr oyi oxirigacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston jami 18,1 million dollarlik 81,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar koʻpdir. Shuningdek, 2020-yilning shu davridagi rekord koʻrsatkichdan 1,7 baravar koʻpdir.

Oʻzbekiston 2022-yilda tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:

Qozogʻiston – 42,4 ming tonna;
Rossiya — 17,2 ming tonna;
Qirgʻiziston — 10,5 ming tonna;
Tojikiston – 9,6 ming tonna;
Belarus — 1,2 ming tonna;
Latviya — 674 tonna);
Moʻgʻuliston — 154 tonna;
Estoniya — 86 tonna;
Ukraina — 43 tonna;
BAA — 4 tonna.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71218 | Инструменты