Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning 6 oyida xorijga 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Uning qiymati $18 mlnga teng bo'lgani aytilmoqda. Maxsulotni dunyo bozorlariga yetkazib berish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 ming tonnaga oshgan.
Milliy maxsulotimiz quyidagi davlat rastalariga kirib borgan:
Rossiyaga – 14 ming tonna
Qozog‘istonga – 1,8 ming tonna
Qirg‘izistonga – 1,5 ming tonna
Turkmanistonga – 83 tonna
Belarusga – 52 tonna
Mongoliyaga – 6 tonna
Birlashgan Arab Amirliklariga – 2 tonna
Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты