Kecha O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o'rinbosari Akram Aliyev Turkiya Savdo vaziri o'rinbosari Mustafo Tuzju bilan uchrashdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari ko'rib chiqildi.
O'zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida ikki davlat o'rtasida imzolangan imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim doirasida tovarlar ro'yxatini kengaytirish, mahsulotlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlash, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Turkiya o'rtasida o'zaro savdoni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun ikki davlat ekspertlaridan iborat qo'shma ishchi guruh tuzish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты