O'zbekiston veterinariya qo'mitasi  va Jizzax Organic fermerlarga qoramollarning nasldorligini yaxshilashga yordam beradi

Joriy yil 5-noyabr kuni tomonlar o'zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar. Hamkorlikdagi harakatlar nasldor qoramollarni import qilishga, fermer xo'jaliklariga subsidiyalar berishga, hayvonlar genofondini yaxshilash  ishlariga  yo'naltiriladi.

Veterinariya davlat qo'mitasi  va Jizzax Organic milliy klasteri o'rtasidagi o'zaro anglashuv Memorandumi dirasida  chorvachilikni rivojlantirish sohasida  hamkorlik qilish,  yangi ish o'rinlarini yaratish,  mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish ko'zda tutiladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda nasldor qoramollarni ko'paytirishga  oid mavzuni ko'p marotaba ko'targan, shuningdek, davlat organlari va  fermerlarning hamkorligini kuchaytirish zarurligini  ta'kidlagan. Jizzax Organic qishloq xo'jaligi sohasida  yirik  sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Uning tajribasi va malakasi chorvachilik  tarmog'idagi  holatni yaxshilashga, shu jumladan zotdor buqalar, sigirlar, qo'ylarning  sonini ko'paytirishga,  shu yo'l orqali respublikada  sifatli  go'sht va sut  ishlab chiqarish hajmining ortishiga yordam beradi”, – dedi, Veterinariya  va chorvachilikni  rivojlantirish  Davlat  qo'mitasi raisi Bahrom Norqobilov.

Memorandumning imzolanishi quyidagi  yo'nalishlar bo'yicha faol ishlar boshlanishiga  imkon yaratadi:  

- fermerlarga  ustama narxlarsiz sotish  uchun zotdor  qoramollarning importi;

- zotli qoramol egalariga subsidiya berish (har bir qoramol uchun subsidiya miqdori 1 dan 2 mln so'mgacha);

- Jizzax Organicdagi xorijlik ekspertlarning mahalliy fermerlar va  chorvachilik xo'jaliklari xodimlari bilan maslahatlashuvlari;

- belgilangan veterinar dori-darmonlardan tortib, oxirgi avlod vaksinalarigacha bo'lgan ro'yxatlarni yangilash;

- seleksiya ishlari (embrional va urug'donlarni urug'lantirish).

"Jizzax Organic milliy klasteri Yevropa, AQSH, Rossiya va Xitoydagi  zotdor qoramol, veterinar dori-darmonlar, qishloq xo'jaligi texnikasi  ta'minotchilari bilan aloqalarni  yo'lga qo'ydi. Biz katta miqdorlarda xarid qilishimiz sababli xorijiy hamkorlar tomonidan  sezilarli  darajada  chegirmalar berilishiga erishyapmiz. Boshlang'ich narxlarning  pastligi va davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar nafaqat yirik fermer xo'jaliklariga, balki  fermerlarga  ham  nasldor qoramollarga ega bo'lish imkonini beradi. Shuningdek, biz  xorijdagi  Angus va Gereford buqa nasli bilan mahalliy  qoramollarni  urug'lantirish bo'yicha  tajribalar o'tkazishga tayyorlanayapmiz.  Agar  ijobiy natijalar olinsa, unda biz  qisqa muddat ichida  genofondni yaxshilashga  erishamiz” – dedi, Jizzax Organic direktori  Hikmatilla Karimov.

Yaqin kunlarda Jizzax Organic milliy qishloq xo'jaligi klasteri  kelajakda semirtirish va marmar mol go'shti olish uchun, keyinchalik  buzoqlarni bozor narxlarida sotib olish sharti bilan, fermerlarga  g'unajinlarni   sotish dasturini boshlaydi.

Ma'lumot uchun

Jizzax Organic MCHJ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil  23 iyuldagi 619-sonli qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor  yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning faoliyati  O'zbekistonning qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Jizzax Organict MCHJ chorvachilik, o'simlikshunoslik va seleksiya-genetik ishlari bilan shug'ullanadi. Jizzax qishloq xo'jaligi klasterining  umumiy  sarmoyasi miqdori 150 mln. AQSH dollarini  tashkil etadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Ли Сян Юй
    0
    Ли Сян Юй 5 yil avval

    Хаммаси яхшику лекин махаллий ахоли ва худудий мансабдорлар нима дейа олади


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40408 | Инструменты