2024-yilning yanvar-mart oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 021 ta yuridik shaxs tomonidan 6,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 1,5 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 22,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 15,3 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
— QQS – 506,3 mlrd so‘m;
— foyda solig'i – 271,8 mlrd so‘m;
— aksiz solig'i - 238,2 mlrd so‘m;
— ijtimoiy soliq - 198,4 mlrd so‘m;
— JShODS - 196,9 mlrd so‘m;
— mol-mulk solig‘i - 80,6 mlrd so‘m;
— yer solig‘i - 21,9 mlrd so‘m;
— boshqa soliqlar - 1 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111705 | Инструменты