O'zbekistonda 8 oy davomida 3,2 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan

2021 yilning yanvar-avgust oylarida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 26,1 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

Xabarga ko'ra, bu jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 9,7 % ni tashkil etdi.

2021 yilning 8 oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi:

ko‘mir – 3,2 mln. tonna

neft – 463,9 ming tonna

tabiiy gaz – 35,2 mlrd. kub.m.

chaqiq tosh – 946,7 ming tonna

shag‘al – 41,4 ming tonna

kaolin – 219,6 ming tonna

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты