O'zbekistonda joriy yilda paxta mahsulotlari eksportini 1,5 barobarga ko‘paytirib, 5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshqarma boshlig‘i Sohibjon Hatamov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-iyul holatiga kengash huquqshunoslarining bevosita amaliy yordami bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatini himoya qilish uchun sudlarga qariyb 8284 ta da’vo arizasi kiritildi.
Kengash huquqshunoslarining bevosita amaliy yordami bilan 8284 ta fermer xo‘jaliklarining tayyorlov, mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatish tashkilotlaridan haqlarini undirib berish bo‘yicha 1662561 mln so‘mlik sudlarga da’vo arizalari kiritildi.
Shundan 5442 tasi qanoatlantirilib, 1162413 mln so‘mini undirish bo‘yicha sudlarning qarorlari qabul qilindi, 1398 ta ijro varaqa orqali 450331 mln so‘m mablag‘ fermer xo‘jaliklariga undirib berildi.
14596 ta fermer xo‘jaliklarining haqlarini undirib berish bo‘yicha qarzdor tashkilot va korxonalarga 3643032 mln. so‘mlik talabnomalar kiritilgan, shundan 9001tasi qanoatlantirilib 1758352 mln so‘mi fermer xo‘jaliklari hisobiga ixtiyoriy tarzda undirib berildi.
Bundan tashqari klaster tizimi qisqa vaqt ichida qishloq xo‘jaligida keskin o‘zgarishlar qilishga zamin yaratdi. Xususan, o‘tgan olti yil ichida bir gektardan olinadigan paxta hosili 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi. Ayniqsa, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida 40 sentnergacha hosil olinmoqda.
Paxta tolasini qayta ishlash 2,5 barobar oshib, 100 foizga yetkazildi, ip-kalava ishlab chiqarish – 2,2 barobar, tayyor mahsulot – 5 barobar ortdi.
Kelgusi yilda sohadagi eksportni 1,5 barobar ko‘paytirib, 2022 yildagi 3,2 milliard dollar o‘rniga 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olingan.
Hozirgi vaqtda paxta to‘qimachilik klasterlarida 600 mingga yaqin aholi doimiy daromad olib, mehnat qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40411 | Инструменты