O'zbekistonda kripto-birja ishtirokchilari xorijdan tushgan mablag‘larni nimalarga sarflashlari mumkin
Markaziy bank boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qoidalarga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
- kripto-birja ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ularning xorijdagi hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan (Markaziy bank tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari belgilanadigan chet el valyutalarida) mablag‘lar hamda kripto-birjada kripto-aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘lar kiritilishi mumkin;
- ushbu mablag‘lar kripto-aktivlarni sotib olish uchun kripto-birjaga hamda mazkur norezident yuridik shaxslarning xorijdagi (mablag‘lar kelib tushgan davlatdagi) o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin;
mazkur mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Ma'lumot o'rnida, hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 9-fevraldan kuchga kirdi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston rezidentlari uchun kripto-aktivlarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты