Huawei 1
“Qarshi neft bazasi” MCHJ da kuzatilgan kamchiliklar va ularning natijalari ma'lum qilindi

 “Qarshi neft bazasi” MCHJ da Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻiga koʻra, moliyaviy va komplayens nazorati yoʻnalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga qarshi yig'ilish oʻtkazilgani ma'lum qilinmoqda.  

Tekshiruv natijalariga koʻra, neft mahsulotlarining saqlanishi, isteʼmolchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan bogʻliq koʻplab nooʻrin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlangan. 

Xususan, jamiyat va uning filiallari rahbariyati hamda muttasadi xodimlarining oʻz vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshuvi, shuningdek, mahsulotlarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda toʻlovsiz berib yuborilishi oqibatida 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan jami debitor qarzdorliklarni 21 mlrd 213 mln soʻmga ortishiga yoʻl qoʻyilgan.

Bunda:

- “Qarshi neft bazasi”da (filiallarsiz) 9 mlrd 257,4 mln soʻmga oshgan;

- Koson filialida 10 mlrd 553,1 mln soʻmga oshgan;

- Gʻuzor filialida 1 mlrd 386,5 mln soʻmga oshgan.

Shuningdek, “Qarshi neft bazasi” MCHJ qarashli FYOTSHlarda saqlanayotgan neft mahsulotlari xatlovdan oʻtkazilib, buxgalteriya qoldiqlari bilan solishtirilganda “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarining keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 149-sonli qarorining bandlariga zid ravishda jami 9 ta FYOTSHda 1 mlrd  286 mln soʻmlik 130 135 litr neft mahsulotlari istemolchilarga toʻlovsiz, ruxsatnomalar, hisob-maʼlumotnomalar rasmiylashtirmasdan yetkazib berilgani ma'lum bo'lgan. 

Oʻrganish davrida istemolchilardan pul mablagʻlari tushirilib jami 895,7 mln soʻmlik neft mahsulotlari qiymati qoplandi.

Huddi shunday, Yakkabogʻ filialiga qarashli 3 ta FYOTSHda jami 1 mlrd 162 mln soʻmlik 130 254 litr neft mahsulotlari istemolchilarga toʻlovsiz ruxsatnomalar, hisob-maʼlumotnomalar rasmiylashtirmasdan yetkazib berilgan va kamomad holatiga yoʻl qoʻyilgan. Istemolchilardan pul mablagʻlari tushirilib, kamomad toʻliq qoplangan. 

Neft bazaning Koson filiali mahsulotlar omborida oʻtkazilgan  xatlovda jami 80,5 mln soʻmlik 11,0 tonna Ai-80 avtobenzindan kamomad aniqlanib, javobgar shaxs tomonidan qoplanishi taʼminlangan. 

Ushbu filialning FYOTSHlardagi mavjud tovar moddiy boyliklari xatlovdan oʻtkazilganda, jami 16 ta FYOTSHda 15,4 mln soʻmlik tovar moddiy boyliklar yaroqsiz holatga keltirilganligi aniqlangan.

Shuningdek, 2015-2017-yillarda xodimlarning xarid qilingan namunali uy-joylardan boʻlgan 10,7 mln soʻm qarzdorligini vaqtida undirish choralari koʻrilmagan.

Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, ularni kelgusida yoʻl qoʻyilishini oldini olish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari va neft baza jamoasi ishtirokida “Qarshi neft bazasi” MCHJda kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilib, muhokama qilingan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Qarshi neft bazasi” MCHJning xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan jami 28 nafar masʼul mansabdor shaxsga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar koʻrildi, shundan 6 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. 

Shu bilan birga, 22 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan. Xatoliklarni bartaraf qilish, kelgusida yoʻl qoʻymaslik, tegishli huquqiy baho berish va talon-tarojliklarni kamaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilangani ma'lum qilingan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga