Huawei 2
2024-yilda qurilish materiallari sohasida jami 37,9 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda

2024-yilda qurilish materiallari sohasida jami 37,9 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda. Bu haqda
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2024-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarlik bo‘lgan jami  540 ta loyiha amalga oshiriladi. Shuningdek, 1,1 mlrd dollarlik qurilish materiallari eksport qilinadi.

Bu yil I choragida 152,9 mln dollarlik eksport amalga oshirildi.  Xususan, 17,5 mln dollar PVX profillar va trubalar, 8,2 mln dollar alyumin profillar, 12,2 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 9,6 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va syementdan bog‘lovchi materiallar, 16,3 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.  

Ushbu davrda qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

"O‘zsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi tasarrufidagi 50 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida Sifat menejment tizimi (ISO 9001) joriy etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga